Oʻquv yili boshlandi
2026–2027 oʻquv yili darslari 2-sentabrda boshlandi va 25-maygacha davom etadi.
Ish kunlari saf 08:00 da, shanba kuni darslar 10:00 da boshlanadi.
Maktab eʼlon qilgan xabarlar, eng yangisi tepada.
2026–2027 oʻquv yili darslari 2-sentabrda boshlandi va 25-maygacha davom etadi.
Ish kunlari saf 08:00 da, shanba kuni darslar 10:00 da boshlanadi.
Bu yildan davlat oʻquv rejasi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini 4-sinfga ham kiritdi. Endi fan 1-sinfdan 11-sinfgacha oʻqitiladi.
8-sinfgacha haftasiga bir dars, 9-sinfdan boshlab ikki dars.

2019-yil 31-dekabrgacha tugʻilgan bolalarning ota-onalari 20-iyundan boshlab my.maktab.uz yoki my.gov.uz orqali ariza topshirishlari mumkin edi.
Bu oʻquv yili uchun qabul 31-avgustda yakunlandi.

2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan ona tili va adabiyot oʻqituvchilarimiz «Farzandimga kitob sovgʻa qilaman» shiori ostida qisqa videorolik tayyorladi.
Maktabning Telegram kanalidan.

Maktabda besh muhim tashabbus doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar muntazam oʻtkazib boriladi. Ular haqida qisqa videolavha eʼlon qildik.
Maktabning Telegram kanalidan.

Ota-onalar uch mavzu boʻyicha masʼullar bilan uchrashdi: yoshlarni giyohvandlikdan asrash, maktab odob-axloq qoidalari va telefondan toʻgʻri foydalanish, jinoyatchilikning oldini olish.
Mutaxassislar bola tarbiyasi haqida soʻzlab, ota-onalarning savollariga javob berdi.
Maktabning Telegram kanalidan.

Shahar yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari maktab oldidagi koʻchaga sunʼiy notekislik oʻrnatdi. Bu juda zarur edi: yoʻl serqatnov va tor.
Maktab oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar nomidan ularga minnatdorchilik bildirdi.
Maktabning Telegram kanalidan.
